01:05 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
184 0 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni "Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni «Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi

Xususan, farmonda iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudentsiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi masʼuliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni (I, II, III darajali) taʼsis etilishi belgilab qoʻyildi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, taklifi bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimliklari "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida "Bu yerda I, II, III darajali "Mehnat faxriysi" nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi" yozuvi boʻlgan belgi oʻrnatilishini taʼminlashlari ham belgilab qoʻyildi.

Teglar:
mehnat faxriysi, unvon

Asosiy mavzular