08:06 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
222 0 0

Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi

TOSHKENT, 30 dek — Sputnik. Endi yoʻlovchilar bojxona deklaratsiyasini onlayn toʻldirishlari mumkin, deb xabar qilingan my.gov.uz saytida.

Xabarda aytilishicha,  xizmat Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.

Arizachi olingan shaklni identifikatsion kod bilan birgalikda A-5 formatidagi qogʻozga printerdan chiqaradi. Bojxona postida roʻyxatdan oʻtayotganida bojxona xizmati xodimlariga identifikatsion kod bilan birgalikda qogʻozga chiqarilgan deklaratsiyani taqdim etadi.

Xizmat bepul koʻrsatiladi.

Teglar:
deklaratsiya, bojxona, elektron imzo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Asosiy mavzular