20:23 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
53922

Yangi yil bayrami arafasida Fargʻonada hayvonot bogʻi ochildi. Toshkent hayvonot bogʻi Fargʻonaga 65 jonivorni topshirdi

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. 30 dekabrda Fargʻona shahrida Toshkent hayvonot bogʻining filiali ish boshladi, deb xabar qilingan Toshkent hayvonot bogʻining rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, 26 dekabr kuni Toshkent hayvonot bogʻi Fargʻonaga 29 turdagi 65 jonivorni topshirgan. Ular orasida yoʻlbarslar, arslonlar, ayiq, Kanada boʻrisi, tuyoqli jonivorlar, ikki turdagi maymun, baqlanlar, tovuslar, chagʻalaklar va boshqa jonivorlar bor.

Yangi hayvonot bogʻining hududi 5 gektar maydonni egallaydi. U yerda, turli jonivorlarga moʻljallangan volyerlardan tashqari, qahvaxona va bolalar attraktsionlari bor. Daraxtzor ichida tashrifchilar dam olishi uchun oʻrindiqlar oʻrnatilgan. Bundan tashqari, favvora qurilgan boʻlib, u mehmonlarga issiq kunlarda mador boʻladi.

Toshkent hayvonot bogʻi maʼmuriyati butun Oʻzbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, ularga tinchlik totuvlik, ravnaq, dasturxonlariga toʻkin-sochinlik va jamiki ezguliklarni tilagan. 

 

Teglar:
hayvonlar, Toshkent, Fargʻona, zoopark

Asosiy mavzular