20:48 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Orol dengizida kemalar qoldiqlari. Arxiv surat

Orol muammosi BMT bilan hamkorlikining asosi boʻlib qoladi

© Sputnik / Yuriy Kuydin
Jamiyat
Havola olish
103732

Antoniu Geterresh aytishiga qaraganda, Orol dengizi muammosi BMT va Oʻzbekistonga hamkorligining asosiy yoʻnalishi boʻlib qoladi.

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilish, BMT va Oʻzbekiston hamkorligining asosi boʻlib qoladi.

Orol dengizi qurish oqibatlarini yumshatish — ikkala tomon uchun ham hamkorlikning ustuvor yoʻnalishi boʻlib qoladi. BMT kelajakda ham ushbu muammo oqibatlarini bartaraf qilishda yordam berishda davom etadi", — dedi BMT yangi bosh kotibi, Antoniu Guterresh  oʻzining Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan xabarida.

Guterresh, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabriklab, Oʻzbekistonga qilgan taklifi uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi.

"Siz bilan uchrashuvni va hozirgi zamonning dolzarb hududiy va regional chaqiriqlariga barqaror yechimlar topish maqsadida, birga ishlash imkoniyatini orziqib kutmoqdaman", — deyilgan Guterreshning javob xatida.

1960 yillarda dunyoning toʻrtinchi eng yirik koʻli boʻlgan Orol dengizining sathi oxirgi 40 yil davomida ikki baravar kichrayib ketdi. Suv darajasi 18 metrga pasaydi. Mavjud boʻlgan suv miqdori esa — besh baravar kamaydi. Buning oqibatida atrofdagi yerlar shoʻrlanib, hududning fauna, flora va inson sogʻligʻiga keskin taʼsir koʻrsatgan ekologik ofat yuz berdi.

Asosiy mavzular