20:30 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
67131

Urgut tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi MXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilariga Yangi yil bayrami arafasida yangi uylarning kaliti topshirildi

TOSHKENT, 1 yanv — Sputnik. Chegarachilarga yangi uylar topshirildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, Urgut tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi MXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilariga Yangi yil bayrami arafasida yangi uylarning kaliti topshirilgan.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi, masʼul idoralar, jamoatchilik vakillari, faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, ota-onalari ishtirok etdi, deyilgan xabarda.

"Milliy armiyamizni modernizatsiyalash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash barobarida, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun zamonaviy sharoitlar yaratib berilmoqda, — deydi yangi uyga ega boʻlgan harbiy xizmatchi B. Xolmirazayev. — Bunga javoban yanada fidoyilik bilan xizmat qilib, Vatanimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini saqlash yoʻlida bor kuch-gʻayratimizni ishga solamiz".

Taʼkidlanishicha, Toʻrtkoʻl mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilib, foydalanishga topshirilgan 6 ta uch xonali xonadonlarda har tomonlama qulay sharoit yaratilgan.

Teglar:
chegarachilar, mxx, yangi namunaviy uylar, harbiylarga uy

Asosiy mavzular