Eski modeldagi telefonlarda WhatsApp o‘chiriladi

Obuna bo‘lish
Dastur yaratuvilari eskirgan modeldagi telefonlarda ushbu ilovani o‘chirish qarorini qabul qildilar

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2017 yilda millionlab telefonlarda WhatsApp ilovasi ishlamay qolishi mumkin.

Bu haqda RIA Novosti Daily Expressga tayangan holda xabar tarqatgan.

Xabarga muvofiq, dastur yaratuvilari eskirgan modeldagi telefonlarda ushbu ilovani o‘chirish qarorini qabul qildilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu choralar iPhone 3GS, Windows Phone 7 moslamalari va 2.1 hamda 2.2. versiyadagi Android operatsiya tizimidan foydalanuvchi telefonlarga qamrab olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0