O‘zbekiston pasporti "eng kuchli" pasportlar reytingida 72-o‘rinda

© Sputnik / Aleksey TixomirovO‘zbekiston pasporti
O‘zbekiston pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
passportindex.org saytida dunyoning eng kuchli pasportlari reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston "pasport kuchi" reytingida 72 o‘rinda qayd etildi

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Pasport "kuchi" hujjat sohibi vizasiz nechta davlatlarda bo‘la olishi mumkinligiga qarab belgilangan.

passportindex.org sayti tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlarida eng kuchli pasport sifatida — Qozog‘iston pasporti qayd etilgan. Qozog‘iston pasportiga ega fuqarolar dunyoning 69ta davlatiga vizasiz bora olishlari aytib o‘tilgan.

Taqqoslash uchun, Qirg‘iziston pasportiga ega fuqarolar vizasiz 58ta davlatga borish imkoniga ega bo‘lsalar, Tojikiston va O‘zbekiston pasportlari sohiblari — 54ta davlatda bo‘la oladilar.

Ushbu reytingning birinchi o‘rnini Germaniya egallagan (Germaniya fuqarolari vizasiz tartibda dunyoning 157ta davlatida bo‘lish imkoniyatiga egalar).

Reytingning ikkinchi pog‘onasi esa Shvetsiya va Sinagpur o‘rtasida taqsimlangan (156ta davlat).

Poyi Kalon - Sputnik O‘zbekiston
Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021-yilgacha kechiktirildi
Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Ispaniya, Shveysariya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va AQSh reytingning uchinchi pog‘onasida turibdi (155ta davlat).

To‘rtinchi o‘rinni esa Italiya, Niderlandlar, Belgiya, Avstriya, Lyuksemburg, Portugaliya va Yaponiya davlatlari o‘rtasida "bo‘lib olingan". Ushbu davlatlar fuqarolari 154ta mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega.

2017 yilning kuch jihatdan quyi pog‘onani egallagan pasporti esa — Afg‘oniston pasporti ekanligi ma’lum qilingan.

Afg‘oniston fuqarosi pasportiga ega shaxslar atigi 23ta davlatga vizasiz bora olishlari mumkinligi uchun, hujjatga reytingning eng quyi — 95-pog‘onasi ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0