05:36 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
610111

Oʻzbekistonlik Denis Istomin jahonning eng kuchli tennischilaridan biri Novak Jokovichni magʻlub etgani internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokama qilinmoqda

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonlik tennischi Denis Istomin oʻzining shov-shuvli gʻalabasi bilan internetda hafta qahramoniga aylanmoqda. Kechaning oʻzida internet foydalanuvchilarining aksariyati Istominga bevosita bogʻliq statuslarni oʻz sahifalarida eʼlon qilishga ulgurdilar.

Eng qiziq fikrlar va statuslarga qoldirilgan izohlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

"Oʻzbekiston" kanalida ham Denis, "NTV"da ham Denis, RenTVda ham Denis"…

"Ichkarida kim oʻtiribdi? Futbolchilar?? Chiqar hammasini! Qani-qani, Denis aka, ichkariga" — deya hazil statusni eʼlon qilgan oʻzining facebookdagi sahifasida Dima Qayum ismli foydalanuvchi.

"Shu bosqichning oʻzidayoq 100 000 dollar atrofida yutgandan keyin toʻoʻrda oʻtiradida", deya izoh qoldirgan Qayumning statusiga Ali Ali nikli foydalanuvchi.

"Futbolchilar qayda? Ularni bokschilar chiqarib yubordiyu", deya oʻz fikri bilan boʻlishgan yana bir foydalanuvchi.

"Futbolchilar deysizmi? Ularni anchadan beri hech kim eslamaydi-yu. Ha, ularning oʻrnini bokschilar egalladi. Mana endi tennischi ham qoʻshildi", deya yuqoridagi izohga qoʻshiladi Qaldirgʻoch nikli foydalanuvchi.

Uzbekskiy tennisist Denis Istomin
© Flickr / Carine
Oʻzbekistonlik tennischi Denis Istomin

Istominning gʻalabasini oʻz gʻalabasidek qarshi olganlar ham koʻpchilikni tashkil qiladi.

"Ofarin, Denis!!! Bu eslashga arzigulik gʻalaba boʻldi! Siz uchun cheksiz xursand boʻldim. Hayotingizning qolgan qismi shodu-xurramlikda oʻtishi tilakdoshiman! Ofarin! Gap yoʻq", — deya oʻz tuygʻularini izhor qilgan Jumadilla Usmanov.

Teglar:
Denis Istomin, tennis, internet

Asosiy mavzular