13:11 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
53521

Odnoklassniki ijtimoiy tarmogʻi gif koʻrinishidagi rasmlardan foydalanish uchun toʻlov joriy qilmaydigan boʻldi

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Odnoklassniki gif-rasmlar uchun toʻlov joriy etmaydi, deb xabar qilmoqda sayt matbuot-xizmati.

Foydalanuvchilar oʻzaro yozishuvlar paytida bu rasmlarni bepul joʻnata oladilar, tajriba tariqasida foydalanish davrida giflarni ishlatish uchun pul toʻlaganlarga esa ular sarf etgan OK pul birliklari qaytarib beriladi. Sinov paytida olingan maʼlumotlar asosida ijtimoiy tarmoq koʻngil ochar hizmatlarni bepul va pullik koʻrinishla rivojlantiradi.

"Gif-rasmlar tasmada juda ommabop, shu sababli biz ularning oʻzaro yozishuvlarda foydalanuvchilar uchun naqadar muhimligini bilish uchun tajriba oʻtkazdik. Olingan maʼlumotlar asosida biz OKda bepul va noyob pullik koʻngil ochar hizmatlarni rivojlantirish haqida qaror qabul qildik. OK Messages ilovasining asosiy hizmati bu gif rasmlarga oʻxshatib qurilgan UGC-kontent — «Jonli stikerlardir». Biz ushbu istiqbolli yoʻnalishni rivojlantirimoqchimiz", deydi loyiha rahbari Anton Fedchin.

Eslatib oʻtamiz, OKda gif rasmlar almashinuvi xizmati 2015 yilning may oyida paydo boʻlgan. Xozirgi kunga kelib foydalanuvchilar sutkasiga 1 mlrd gif joʻnatmoqdalar. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yildagiga nisbatan 133 marotaba oʻsdi. OK foydalanuvchilari gif rasmlarni nafaqat oʻz qaydlarida, balki shaxsiy yozishuvlarda ham joʻnatish va profil surati sifatida yuklash imkoniyatlariga ega.

Teglar:
internet, ok, odnoklassniki

Asosiy mavzular