Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi

Obuna bo‘lish
Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda keltirilishicha, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi ham Oqsaroy qarorgohida joylashtiriladi, Samarqand shahrida esa Islom Karimov muzeyi tashkil etiladi va Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etiladi.

Toshkent shahrida, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallar o‘rnatiladi.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari e’lon qilindi

Qarorda shuningdek, har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni keng nishonlanishi, 2-sentabr kuni Xotira kuni sifatida yod etilishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi.

Qarorga muvofiq oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratiladi hamda Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalari chiqariladi.

O‘zbekistonni chorak asr davomida boshqargan birinchi prezident Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrda 78 yoshida insult oqibatida vafot etdi. Prezidentning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar bilan quyidagi infografikamizda tanishishingiz mumkin.

Islom Karimovning hayot yo‘li
Islom Karimovning hayot yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimovning hayot yo‘li

 

Yangiliklar lentasi
0