Deputat va senatorlar aholi muammolarini shaxsan o‘rganadilar

Obuna bo‘lish
Endilikda muammolarni o‘rganish uchun tanlangan xonadonlarga emas, balki barchaning uyiga kiriladi va yuzma-yuz suhbatda ularni nima qiynayotgani o‘rganiladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda tez orada deputat va senatorlarning aholi bilan ishlashlari bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi, dedi Oliy Majlis qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Uyali aloqa minorasi - Sputnik O‘zbekiston
Mijozlar murojaatlariga javob qaytarish ustidan nazorat kuchayadi

"Ilgari deputatlar saylovchilar bilan uchrashish uchun o‘z okruglariga bir chorakda bir marta bir hafta yoki o‘n kun muddatga chiqishardi. Biroq nima qilish va qanday vazifalarni amalga oshirish borasida aniq ko‘rsatma va dastur yo‘q edi. Bundan buyon hammasi o‘zgaradi. Deputatlar joylarga har oyda 10-12 kun muddatga chiqishadi. Ular umumiy majlis o‘tkazishmaydi, balki har bir xonadonga borishadi", — dedi u.

Amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, odatda mahallalardagi umumiy uchrashuvlarga faollar deb ataluvchi har doimgi kishilar kelishadi.

"Faollarning o‘z muammolari bor, xalqning tashvishi esa butunlay boshqa masala. Endilikda muammolarni o‘rganish uchun tanlangan xonadonlarga emas, balki barchaning uyiga kiriladi va yuzma-yuz suhbatda ularni nima qiynayotgani o‘rganiladi. Shundan so‘ng deputatlar shikoyatlarni tahlil qilib chiqishlari va bu muammolarni hal qilishlari kerak bo‘ladi", — dedi Abdullayev.

Buning uchun barcha muammolar uch bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqichdagi muammolarni mahalliy tuman va shahar hokimiyatlari, ikkinchi bosqichdagi muammolarni viloyat hokimliklari va muassasalari hal qiladi. So‘nggi bosqichdagi muammolar esa vazirliklar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bunda hech bir fuqaroning murojaati e’tiborsiz qolmaydi, chunki har bir murojaat uchun alohida hisob yuritiladi va murojaat qiluvchidan muammosi hal bo‘lgani haqidagi javob olinmaguncha muammo ochiqligicha turadi.

Yangiliklar lentasi
0