01:32 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
2057161

Oʻzbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlarning oʻrnatilishi haftaning eng asosiy xabarlaridan biriga aylandi. Internet foydalanuvchilari bu yangilikning afzal tomonlari bilan birga, oʻzbek soʻmlari sigʻadigan quti hajmi qanday boʻlishi kerakligi borasida qizgʻin muhokamaga kirishib ketdilar

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Markaziy bank vakili kuni kecha Oʻzbekistonda tez orada naqd pul yechib olish imkonini beruvchi 1000ta bankomat oʻrnatilishi haqida xabar qildi.

Bu yangilik, tabiiyki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari eʼtiboridan chetda qolmadi. Axir virtual pullar mashmashasiga qachon chek qoʻyiladi, degan savol ularni ancha vaqtdan buyon qiynab kelmoqda.

Internet foydalanuvchilari darhol bu borada oʻzaro fikr almashdilar.

"Zoʻr ish boʻlarkan-u, a! Ajoyib yangilik", — deya oʻz xursandchiligini yashirmagan Muhabbat ismli foydalanuvchi.

"Qiziq, necha soʻmgacha yechib olsa boʻlar ekan", — deya savol tashlagan Nigora ismli foydalanuvchi.

"Eng keragi, borganingizda ichida har doim pul boʻlsin. Ana shunda hamma gap", — deya Nigoraga javob qaytargan Kamil Gafurov.

Internet foydalanuvchilari shundan soʻng bankomatning hajmi qanday boʻlishi kerakligi haqida bahslashishga oʻtishgan.

"Endi bu bankomatlarga bankomatdan bankkacha yetadigan trubalar ulash kerak boʻlmasmikin? Bir kishi bir million yechib olsa, bankomatda tezda pul tugab qolmaydimi?", — deya savol tashlagan Xoshimbek ismli foydalanuvchi.

Dizayn bankomata dlya suma
Oʻzbek soʻmlari uchun bankomat dizayni. Troll.uz
"Qishlok joyda taxminan 50 ming naqd pul yetadi, qolgan kerakli narsa plastikka xarid qilinaveradi. Eng asosiysi naqd pul va plastik oʻrtasidagi farqni yoʻqotish kerak", deya oʻz fikrini bildirgan Dima nikli foydalanuvchi.

"Naqd pulni bankdan tashqariga katta miqdorda emissiya qilish inflyatsiyani yanada kuchaytiradi. Undan koʻra plastik kartochkadagi pullarni qadrini oshirish lozim. Narxlardagi farq yoʻqolsa, naqd pulga boʻlgan extiyoj oʻz-oʻzidan kamayib ketadi deb oʻylayman", — deya bahsga yakun yasagan Abdumalik Nosirov.

Aytgancha, Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishda davom etmoqchi.

"Tez orada respublikadagi barcha savdo va xizmat nuqtalari terminallar bilan taʼminlanadi. Ana shunda naqd pul muammosi ham barham topadi ", — degan MBning pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyev.

Sputnik Oʻzbekiston Markaziy bank xodimining soʻzlari amalga oshishiga umid qilib qoladi.

Teglar:
bankomatlar, bank, soʻm

Asosiy mavzular