Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

© DarakchiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar — O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi, deb xabar berdi uz24.uz. Davlat rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Islom Karimov tavallud ayyomi - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova: Doimo sizning borligingizni his etib turamiz...

Bugun, 30-yanvar — Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarda Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e’tirof etilmoqda.

Shuningdek, bugun Toshkentda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi.

Yangiliklar lentasi
0