O‘zbekistonda maxsus ishchi guruh oilalardagi muhitni o‘rganishni boshladi

© Sputnik / Ivan FomichevO‘zbekistonlik bolakaylar
O‘zbekistonlik bolakaylar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Respublika ishchi guruhi a’zolari rahbarligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan guruhlar tomonidan belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Andijonda Oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhining maqsadi, uning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, belgilangan ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bergan "Darakchi".

Nikoh uzuklari - Sputnik O‘zbekiston
Ajrashayotgan erkak oilasini uy-joy bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi
"Shavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak" nomli ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muhitni o‘rganish maqsadida qator mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, viloyatlarda ish boshladi", — deyiladi xabarda.

Ishchi guruh o‘z faoliyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, intellektual darajasini, oilalardagi ma’naviy muhitni aniqlash, joylardagi muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish, yuqori darajada hal etiladigan masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oilalar daromadini oshirish bo‘yicha fikrlarni o‘rganib, zarur amaliy yordam ko‘rsatish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, davlat va jamoat tashkilotlarining doimiy hamkorligini yanada mustahkamlash kabi qator masalalarni atroflicha o‘rganadi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda Respublika ishchi guruhi a’zolari rahbarligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan guruhlar tomonidan belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0