06:14 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
109572

Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Oʻzbekiston Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi

TOSHKENT, 4 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Prezident matbuot-xizmati.

Qabulxonaga kiraverishda Shavkat Mirziyoyevning "Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir", degan soʻzlari bitilgan.

Shavkat Mirziyoyev Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishar ekan, uning tashkiliy jihatlariga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitish, ichki madaniyatini mustahkamlash zarurligini alohida taʼkidladi.

"Toshkent shahrining salohiyati ham, aholi soni, odamlarning talabi ham boshqa joylardagidan yuqori. Ishni shunga muvofiq tashkil etish kerak. Bu maskan xalq manfaatlarini taʼminlaydigan, ishonchini qozonadigan dargoh, adolat zamini boʻlsin", dedi davlat rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda Oʻzbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash uchun barcha qulaylik yaratilgan.

Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni koʻrib chiqish va saqlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va fuqarolar uchun barcha jihatlar eʼtiborga olingan.

Teglar:
xalq qabulxonalari, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular