21:26 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
157241

1-fevraldan 1-martgacha Oʻzbekistonda "Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi", deb eʼlon qilindi

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan har yili yoshlar oʻrtasida narkotik vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi oʻtkazib kelinadi. Joriy yilda ham 1-fevraldan 1-martgacha Oʻzbekistonda "Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilishiga qarshi kurash oyligi", deb eʼlon qilindi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi maʼlumotiga koʻra, oylik davomida Oʻzbekistondagi barcha taʼlim dargohlari, yoshlar faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Maʼruza, seminar, anjumanlar va koʻrgazmali vositalar yordamida "zahri qotil"ning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi keng tushuntirilib kelinmoqda.

Xabarga koʻra, oʻquv muassasalarida oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tayyorlangan "Giyohvandlik — umr zavoli" videofilmi, "Oʻz yoʻlingni tanla", "Buyuk yurtning barkamol avlodlari", "Sogʻ tanda — sogʻlom aql" kabi sogʻlom turmush tarzining ahamiyati va giyohvandlikning salbiy oqibatlari aks ettirilgan koʻrgazmali vositalar namoyish etilmoqda.

Teglar:
giyohvand moddalarga qarshi, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular