01:35 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
113171

Ishtixon tumanida aholi parrandachilik sohasiga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda aholi talabini oʻrganib chiqqan "Asakabank" viloyat filiali xodimlari parrandachilik boʻyicha mikrokreditni rasmiylashtirgan ishsiz fuqarolarga tovuq tarqatmoqda

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Saydulla ota tadbirkor boʻlmoqchi, bu yoʻldagi harakat tovuq boqishdan boshlandi deb xabar qilgan "Zarafshon" gazetasi.

Nashr xabariga koʻra, Ishtixon tumanida aholi parrandachilik sohasiga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda aholi talabini oʻrganib chiqqan  "Asakabank" viloyat filiali xodimlari parrandachilik boʻyicha mikrokreditni rasmiylashtirgan ishsiz fuqarolarga tovuq tarqatmoqda.

"Ayni vaqtda ishsizman, – degan Chagʻatoy mahallasida yashovchi 59 yoshli Saydulla Mamayusupov. – Bank xodimlari xonadonimizga tashrif buyurib, suhbat oʻtkazganida menda parrandachilik bilan shugʻullanish istagi tugʻildi. Sababi, kredit olish shartlari juda ham qulay ekan. Ular xonadonimiz sharoitlarini oʻrganib chiqishdi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdik. Mana, koʻrib turganingizdek, qisqa fursatda uyimizga yuzta tovuq olib kelishdi".

"Bankimiz xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda xonadonlarning shart-sharoiti oʻrganilmoqda, – degan AT "Asakabank" viloyat filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari Husniddin Oʻrozov. – Suhbatlar jarayonida aholi tomonidan biz taklif qilayotgan mikrokreditlarga qiziqish bildirilmoqda. Bugun parrandachilik boʻyicha mikrokredit olish istagida hujjatlarni rasmiylashtirgan xonadonlarga tovuq tarqatmoqdamiz. Albatta, bu imtiyozli mikrokredit aholi uchun juda ham qulay. Sababi, yillik 9 foiz miqdorida ikki yil muddatga berilayotgan mikrokreditning 6 oygacha faqat foizi toʻlanadi, yettinchi oydan asosiy qarz ham qoʻshiladi".

Ayni vaqtda tadbirkorlik istagida banklarga kredit soʻrab murojaat qilayotganlar orasida yoshlar ham talaygina, deb yozadi nashr.

"Kasb-hunar kollejini tugatganman, ammo hozir biror bir ish bilan band emasman, – degan Xonaqa mahallasida yashovchi Jasur Ismatov. – Bank xodimlarining tushuntirishlaridan keyin parrandachilik bilan shugʻullanishga qaror qildim. Hozir yuzta tovuq oldim. Kelgusida tadbirkorlik faoliyatimni yanada kengaytirish niyatidaman".

"Xalq bilan muloqot qilish nechogʻlik yaxshi samara berishiga amin boʻldik. Aholi bilan suhbatlashib, ularga tadbirkorlik va imtiyozli mikrokreditlar haqida tushuncha berganimizda ular tomonidan qiziqish yanada ortmoqda. Baʼzilar ikki yuzta boʻlsa ham tovuq olamiz, deyapti. Ammo biz ularning xonadonidagi sharoitni ham hisobga olmoqdamiz. Parrandalarni Samarqand tumanidagi "Maroqand-parranda" masʼuliyati cheklangan jamiyatidan shartnoma asosida xarid qilib, mijozlarimizga tarqatyapmiz, — deb aytgan,bankning kredit boʻlimi boshligʻi  Erkin Koʻbayev.

Teglar:
parranda, tovuq

Asosiy mavzular