22:27 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
55517

Toshkent shahrida hafta davomida ikki yirik yongʻin sodir etilgan: 7 fevral kuni "Manas" restorani yonib kulga aylangan boʻlsa, kuni kecha qurilish mollari bozoriga oʻt tushgan edi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻzbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yongʻin yuzasidan axborot berdi.

"2017 yilning 7 fevral kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida joylashgan «Mangit-Art» MCHJga qarashli "Manas» kafe-restoranida yongʻin sodir boʻlib, 380 kv. metr maydonda oʻtov qilib qurilgan ayvon va jihozlari yongan. Yongʻin qoʻshni binoga tarqalishidan "Parizod" MCHJga qarashli binoning 370 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yongʻin sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 8 fevral kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida joylashgan «Usta shirin savdo» MCHJga qarashli 6, 7 va 8-sonli savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlib, jami 100 kv. metr maydonda qurilish mahsulotlari, jihozlari hamda tom va shift qismlari yonib zararlangan.

Yongʻin holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yongʻin sababi aniqlanmoqda", — deyilgan xabarda.

Teglar:
IIV, Toshkent, yongʻin

Asosiy mavzular