TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi respublika hududida havo haroratining keskin pasayishi, koʻp miqdorda qor yogʻishi va yoʻllarda muzlamalar hosil boʻlishi munosabati tezkor xabarnoma eʼlon qildi.
Unda noqulay ob-havo tufayli quyidagi ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan:
— moʻrikonlarni tozaligi va toʻgʻri oʻrnatilishini qatʼiy nazoratga oling;
— gaz plitalardan xonani isitish maqsadida foydalanmang;
— koʻchaga chiqqanda mavsumga mos ravishda kiyining;
— muzlama hosil boʻlgan yoʻlaklar va hududlardan imkon qadar harakatlanmaslik choralarini koʻring;
— yoʻllarda avtotransport vositalarini boshqarishda ehtiyot choralarini koʻring;
— bino va inshootlar tom va tarnov qismlarida sumalak hosil boʻladigan joylardan ehtiyot boʻling.