O‘ho‘: Yangi "Mahalla" vazirligi va Mirziyoyevning internetni "portlatgan" farmoni

© AP Photo / Anvar IlyasovO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu hafta ushbu rukndan Samarqandda eshak so‘ygan "biznesmen"larning sud qilinishi, "Daydi" filmi ijodkorlaridan navbatdagi "dohiyona" izoh hamda boshqa qiziqarli yangiliklar o‘rin oldi

TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonda har bir hafta yangiliklarga boy bo‘lmoqda. Qay birini e’tiboringizga havola qilishga ham shoshib qolamiz ba’zan. Demak, o‘tgan haftada o‘zbekistonliklarni ko‘proq ajablantirgan, xursand qilgan va o‘ylantirgan xabarlar bilan tanishing, marhamat.

1. Shavkat Mirziyoyev pensiyalarni va talabalar stipendiyalarini naqd pulda berish qarorini imzoladi

O‘zbekiston prezidenti mazkur hujjatga imzo chekib, o‘zbekistonlik aksariyat pensionerlarning plastik kartochka bilan bog‘liq hamda boshqa muammolarini hal qildi. Qarorga muvofiq, 1-fevraldan boshlab pensiya va nafaqa to‘lovlari faqat naqd pulda beriladi. Bundan tashqari uzoq va tog‘li hududlarda yashovchi aholi oylik maoshlari, shuningdek oliy ta’lim maskanlari talabalarining stipendiyalarining 50%i naqd pulda to‘lanishi kerak

© SputnikUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskie denejnie znaki - sum

 

2. Xorazm viloyati elektromobillarga o‘tishga hozirgarlik ko‘rmoqda

Xitoy hukumati yaqinda elektromobillar quvvat olishi uchun mamlakatda 800 mingdan ziyod punktlar qurishni rejalashtirganini e’lon qildi. Xitoy punktlar qurish bilan ovora bir paytda Xorazm elektromobillar ishlab chiqarish bilan andarmon, ayrim namunalar hatto yo‘llarda harakatlanmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZaradka akkumulyatorov elektromobilya.
Zaradka akkumulyatorov elektromobilya. - Sputnik O‘zbekiston
Zaradka akkumulyatorov elektromobilya.

3. Emomali Rahmon tabiiy ofatlar sababli sarosimaga tushdi

Yanvar oyida Tojikistonda ko‘chkilar oqibatida 13 inson nobud bo‘ldi. Shu sababdan Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasi majlisini chaqirgan Rahmon olimlarga tog‘li hududlardan o‘tuvchi avtomagistrallarda yangi himoya qurilmalarini barpo etish va barcha xavfli hududlar mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha yangi rejalar ishlab chiqishni buyurdi

© Sputnik / Vladimir Ivanov / Mediabankka o‘tishRaschistka dorogi ot snejnix zavalov, arxivnoe foto
Raschistka dorogi ot snejnix zavalov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Raschistka dorogi ot snejnix zavalov, arxivnoe foto

4. Eshak so‘ygan biznesmenlar sud qilindi

Samarqand shahrida yuzlab eshaklarning suyaklari aniqlangach, mahalliy aholi bu hayvonlarning go‘shti qayerga ketgani bilan qiziqdi, IIBB xodimlari esa ushbu holatni sodir etgan shaxslarni topish uchun surishtiruv ishlarini boshlab yuborishdi…

Xabarga ko‘ra,  "eshak biznesi"ga Samarqand viloyatining 5 nafar fuqarosi jalb qilingan. Ushbu voqea sodir etilishi tarixi va sud guruh a’zolarini qanday jazoga tortgani haqida quyidagi ilovada o‘qishingiz mumkin.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
5. O‘zbekistonda "Mahalla" vazirligi tashkil etildimi?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalla institutini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmon sharhida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish; jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish kabi maqsadlar mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangani aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari maqomi, maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‘ra – vazirga, Respublika kengashi raisining o‘rinbosari – vazir o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

6. Navro‘z Navro‘zdek bo‘lsin!

O‘zbekiston prezidentining "Biz bu yil Navro‘zni xalq sayli qilamiz. Ana shuni hamma bilsin. Biz hozirdan tayyorgarlik qilaylik. Hamma rayon hokimlari eshitsin — dalalarda, bog‘larda sayl bo‘ladi. Saylda hammamiz qatnashamiz", degan gapi internet olamini "portlatgan" xabarlardan biri bo‘ldi. Ishonch hosil qilish uchun xabarga o‘zbekistonliklar tomonidan qoldirilgan izohlarni o‘qishingiz mumkin!

© Sputnik / /StringerZriteli na gorodskom prazdnike Navruz v Tashkente
Zriteli na gorodskom prazdnike Navruz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Zriteli na gorodskom prazdnike Navruz v Tashkente

7. O‘zbek rejissoridan navbatdagi "lag‘mon"

O‘tib borayotgan haftada o‘zbek kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan blokbaster janrida suratga olingan "Daydi" filmining premyerasi Gollivud aktori Morgan Friman sababli qoldirilgan edi. Mahalliy OAV vakillarining murojaatiga film rejissori Sirojbek Abdullayev filmdagi Morgan Frimen emas, balki uning O‘zbekistondagi o‘xshash chehrasi, ya’ni qiyofadoshi ekanligini ma’lum qilib, quyidagi suratni taqdim etgan.

© "Darakchi"Bu Morgan Frimen emas, uning qiyofadoshi
Eto ne Morgan Friman - Sputnik O‘zbekiston
Bu Morgan Frimen emas, uning qiyofadoshi

Ofarin, fantazor!

Yangiliklar lentasi
0