07:21 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
125353

Bu kabi holatlar tez-tez qulogʻimizga chalinmoqda. Yaqinda bir tanishim ham farzandi oʻz vaqtida fuqarolik pasporti olmaganligi uchun jarima toʻlaganidan nolidi. Xoʻsh, ota-onalarning eʼtirozi ne chogʻlik asosli

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Samarqandda oʻz farzandiga vaqtida pasport olib bermagan ota jarima toʻladi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" nashri.

"Bu kabi holatlar tez-tez qulogʻimizga chalinmoqda. Yaqinda bir tanishim ham farzandi oʻz vaqtida fuqarolik pasporti olmaganligi uchun jarima toʻlaganidan nolidi. Xoʻsh, ota-onalarning eʼtirozi ne chogʻlik asosli?", — deb yozadi maqolada nashr muxbiri Gʻolib Abdusalomov.

Bu savolga Tayloq tumani hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya masʼul kotibi Azamat Fafforov aniqlik kiritgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmagan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi belgilangan. Shunga asosan, farzandi 16 yoshga toʻlgan boʻlsa-da, oʻz vaqtida fuqarolik pasporti olib berish choralarini koʻrmaganligi uchun ota yoki ona maʼmuriy javobgarlikka tortiladi", — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 5 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmonida birinchi marta pasport olayotgan shaxs 16 yoshga toʻlganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan maʼlumotlarni yigʻish punkitiga murojaat etishi shartligi belgilab qoʻyilgan.

Teglar:
jarima, pasport, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular