21:36 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
345625

Respublikaning togʻli tumanlarida sel kelish va qor koʻchish xavfi bor

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Cinoptiklar maʼlumotiga koʻra, 17 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda ob-havo keskin oʻzgaradi. Sovuq tushadi. Mamlakat boʻylab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

Respublikaning togʻli tumanlarida sel kelish va qor koʻchish xavfi bor.

Joylarda tuman tushadi.

17-19 fevral kunlari respublika hududi boʻylab yomgʻir va qor yogʻadi. Shamol soatiga 17-22 m/s kuchayishi mumkin. 20-22 fevral kunlari havo harorati tunda 7-12 ˚S sovuq, kunduzi 0-5 ˚S sovuq boʻladi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechqurun yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Teglar:
16 fevral, yomgʻir, shamol, sovuq, ob-havo

Asosiy mavzular