22:21 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
51431

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonida aytildi

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha meyoriy hujjatlarni imzoladi.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekistonda avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnika siyosati olib boriladi.

"Avtomobil yoʻllarini boshqarish boʻyicha maxsus vakolatlarga ega boʻlgan davlat organi sifatida Davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- avtomobil yoʻllari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish;

— avtomobil yoʻllari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

— avtomobil yoʻllarining xalqaro tranzit yoʻlaklarini shakllantirish;

— zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yoʻllarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini taʼminlash hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;

— xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalarining mavjud tarmogʻi saqlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish, ulardan transportda foydalanish darajasi yuqori boʻlishini taʼminlash;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va saqlash sohasidagi

— shaharsozlik normalari va qoidalari, sifat standartlariga rioya etilishini taʼminlash;

— avtomobil yoʻllari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan, chet ellarda oʻquv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish", — deyiladi hujjat matnida.

Teglar:
yoʻl, transport, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular