02:17 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
136365

Shu yilning 1 martidan Oʻzbekistondagi chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik subʼyektlarida terminallar boʻlishi majburiy hisoblanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilab qoʻyilgan

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat koʻrsatish taqiqlanadi.

Shu yilning 1 martidan Oʻzbekistondagi chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik subʼyektlarida terminallar boʻlishi majburiy hisoblanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida belgilab qoʻyilgan, deb xabar qildi kun.uz nashri.

Barcha savdo nuqtalarini terminallar bilan taʼminlashni jadallashtirish maqsadida terminallar qisqa muddatda yetkazib berilib, tadbirkorlik subʼyekti ariza topshirgan kundan 3 kun ichida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Shuningdek, plastik kartochkalar orqali toʻlov qilmoqchi boʻlgan xaridorlarga yuqori narxlar belgilanishiga yirik miqdordagi jarimalar belgilanadi. Agarda chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlik subʼyektlari naqd yoki karta orqali hisob-kitob qilish shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirsa yoki tushirsa, buning uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima qoʻllanadi.

Davlat soliq qoʻmitasiga 10 kun ichida chakana savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlarida terminallar mavjudligi, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumini toʻliq hajmda topshirish masalalari, narxlar sunʼiy oshirilmayotgani yoki tushirilmayotgani boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazish vazifasi yuklangan.

Shu bilan birgalikda bu shakldagi tekshiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining maxsus ruxsatini talab etuvchi soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.

Markaziy bank terminallarni ijaraga berish va ulardan tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan foydalanilishi mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish hamda yanada qulay sharoitlarni yaratish topshirigʻini olgan.

Bundan tashqari, tadbirkorlik subʼyektlari isteʼmol ehtiyojlari va ishlab chiqarish faoliyatini ragʻbatlantirish hamda naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirish maqsadida Markaziy bankka xalqaro amaliyotdan foydalanib, aholini plastik kartochkalardan foydalangan holda qisqa muddatli kreditlashning zamonaviy mexanizmlarini kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan.

Teglar:
naqd pul, plastik karta, terminal, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular