06:37 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Alisher Kayumovich Shadmanov

Oʻzbekistonda yangi sogʻliqni saqlash vaziri tayinlandi

© adolat.uz
Jamiyat
Havola olish
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)
103230

Yangi sogʻliqni saqlash vaziri etib Alisher Qayumovich Shodmonov tayinlandi.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-kotibi Furqat Sanayev nuz.uz nashriga xabar berishiga koʻra, vazirlikka yangi rahbar tayinlangan.

Oʻzbekiston yangi sogʻliqni saqlash vaziri etib Alisher Qayumovich Shodmonov tayinlandi. Ushbu lavozimda 2016 yilning dekabr oyidan boshlab ishlab kelayotgan Adham Ikramov bosh vazir oʻrinbosari lavozimida ishlashni davom ettiradi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Alisher Shodmonov 55 yoshda. Shodmonov ushbu kunga qadar Oliy Majlis qonunchilik palatasining fan, taʼlim, madaniya va sport qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Mavzu:
Tibbiyot sohasi tanqid ostida (23)

Asosiy mavzular