05:30 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
44531

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 94 kishiga fuqarolikni taqdim etish toʻgʻrisidagi Farmonni imzoladi. Fuqarolikka qabul qilinayotganlar orasida Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Belorussiya va Ukrainada tugʻilganlar ham bor

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida"gi Farmonni imzoladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Farmonga asosan 94 kishi fuqarolikka qabul qilingan.

"Oʻzbekiston fuqarolikka qabul qilish borasida ham qonuniylik, insonparvarlik va ijtimoiy bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan holda inson manfaatlariga rioya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirib boradi.

"Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi, millati, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati hamda siyosiy va boshqa eʼtiqodidan qatʼiy nazar, «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida"gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obʼyektiv va boshqa hayotiy sharoitlarga koʻra mamlakat tashqarisida boʻlgan mahalliy aholi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda tugʻilib-oʻsib, Oʻzbekistonni oʻz Vatani sifatida dildan tan olgan, uning taraqqiy etishi va gullab-yashnashi uchun munosib hissa qoʻshganlar qabul qilinishi mumkin", — deyiladi farmonda.

Eslatib oʻtamiz, bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan fuqarolikka qabul qilish toʻgʻrisidagi ikkinchi hujjatdir. 2016 yilning dekabr oyi oxirida Mirziyoyev 179 nafar kishiga fuqarolikni taqdim etgan edi.

Teglar:
fuqarolik, Mirziyoyev farmoni, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular