22:05 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
191844

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asomiddin Tojiyev qurilayotgan uylarning zilzilabordoshligi nechchi ballga moʻljallanganligi haqida aytdi

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktyabrdagi "2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida"gi qarori Oʻzbekiston aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashda yangi bosqichni boshlab berdi, deb yozgan "Jahon" AA.

Xabarga koʻra, har bir massivning bosh rejasida xizmat koʻrsatish obʼyektlari, sport maydonchalari va muhandislik tarmoqlari, hovli qismida bolalar maydoni, uy egalari dam olishlari uchun sharoitlar eʼtiborga olingan. Energiyani tejaydigan mahalliy materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishiga hamda aholining barcha qatlami uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qilmoqda.

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida shular xususida soʻz yuritildi, deb yozadi nashr.

"Barcha uylarning seysmik jihatdan zilzilabardoshligi 7-8 ballga moʻljallangan, — degan anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asomiddin Tojiyev. — Buning uchun loyihalarda temirbeton bogʻlamalar, devorlar kesishish burchaklarini boʻylama va koʻndalang armokarkaslar bilan mustahkamlash kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratilgan".

Loyihalarda kanalizatsiya tizimi alohida chiqindixonaga ulanishiga eʼtibor qaratilgan. Suv taʼminoti qiyin boʻlgan hududlarda esa har bir xonadonga alohida qoʻshimcha zaruriy binolar quriladi.

Qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurishda talabgorlarni tanlab olish fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni dastlabki tanlash boʻyicha tizimning ochiqligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Teglar:
yangi uylar, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular