07:25 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
117065

Bugunga kelib gaz taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital taʼmirdan chiqarilgan, 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruktsiya qilingan

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni barqarorlashtirish boʻyicha keng miqyosli choralar koʻrilmoqda, deb xabar qildi "Oʻztransgaz" kompaniyasi vakillari 27 fevral kuni oʻtkazilgan matbuot-anjumani doirasida.

Xususan, bugunga kelib gaz taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun 68,6 km gaz quvuri kapital taʼmirdan chiqarilgan, shuningdek 171,9 km gaz kommunikatsiyalari rekonstruktsiya qilingan. Bundan tashqari, 7,2 ming kilometrlik gaz quvurining zichligi oʻrganilgan va havo berib koʻrilgan. 5,6 ming kilometrlik yerosti quvurlarining holati oʻrganilgan. 70,5 ming gaz taqsimlash punktlari tekshirib koʻrilgan.

"Gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gazni yetkazib berish boʻyicha alohida ishlar bajarilmoqda. Bu borada 2,5 mln xonadonga tabiiy gaz shu tarzda yetkazib beriladi. Bunda 60dan ortiq gaz toʻldiruvchi stantsiyalar va punktlar aholiga xizmat koʻrsatadi. 200dan ortiq servis xizmatlari gaz ballonlarini tarqatish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, suyultirilgan gazni manzilga yetkazishda 237ta tsisterna-vagonlar va 90ga yaqin avtotsisternalardan foydalaniladi", — dedi "Oʻztransgaz" vakili.

Soha ishchilarining aytishicha, oʻtgan yili respublika boʻylab qoʻshimcha ravishda 20ta gaz toʻldiruvchi punkt foydalanishga topshirilgan. Aholiga 528 mingga yaqin gaz ballonlari yetkazib berilgan. Shu bilan birga, MAN markali ikkita propan tashuvchi va 32 dona maxsus Isuzu avtomashinalari xarid qilingan.

Gaz taʼminotidagi yana bir yangilik sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatda foydalanilgan gaz uchun toʻlovni yigʻish bilan xususiy operatorlar shugʻullanadi. Kompaniyaning bir xodimi soʻzlariga koʻra, bu boradagi takliflar allaqachon ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga topshirilgan.

Qayd etish joizki, hozirda Oʻzbekistonda aholining tabiiy gazdan foydalanganlik uchun qarzi juda katta. Gaz yetkazib beruvchilar qarzlarni undirish uchun isteʼmolchilarning uylariga borib mablagʻ yigʻish amaliyotini yoʻlga qoʻygan boʻlsalar-da, ular pul mablagʻlari 100 % davlat gʻaznasiga kelib tushishini taʼminlay olmaydilar.

Teglar:
Oʻzgaztrans, qarz, gaz

Asosiy mavzular