Mirobod bozori yonidagi buzilayotgan kafelar o‘rnida uylar quriladi

© uz24.uzNa meste snesennix kafe po Mirabadskoy ulitse postroyat jilie doma
Na meste snesennix kafe po Mirabadskoy ulitse postroyat jilie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buzilgan inshootlar o‘rnida beshta ko‘p qavatli zamonaviy turar joy qurish rejalashtirilgan. Hozirda ularning loyihalari tasdiqlash jarayonida

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkentdagi Mirobod bozori yonidagi Mirobod ko‘chasida buzilayotgan umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari o‘rnida ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda UZ24ga Toshkent shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasi ma’lum qildi. Mirobod tuman hokimligi ushbu xabarni tasdiqladi.

Shahar Arxitektura va qurilish boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, buzilgan inshootlar o‘rnida beshta ko‘p qavatli zamonaviy turar joy qurish rejalashtirilgan. Hozirda ularning loyihalari tasdiqlash jarayonida.

Mirobod tuman hokimligining ma’lum qilishicha, Mirobod ko‘chasidagi buzish ishlari bir-ikki oy ichida to‘liq yakuniga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0