21:35 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
194350

Xaytek uslubidagi Compass savdo-koʻngilochar majmuasi Qoʻyliq bozori yaqinida quriladi. Obʼyektning noyobligi shundaki, bunda avtomobillar uchun parkovka savdo-markazining tom qismida joylashadi

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Joriy yilda Toshkent shahrida meʼmorchilik nuqtai-nazaridan oʻta noyob savdo-koʻngilochar markazi quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Muxbirning aytishicha, yangi obʼyekt poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri — Qoʻyliq bozori yaqinida, sobiq kiyim bozori oʻrnida barpo etiladi. Ayni vaqtda quruvchilar ishni boshlab yuborishgan va bino poydevori allaqachon qad rostlagani aytilmoqda.

Obʼyektning oʻziga xosligi uning tashqi koʻrinishida boʻladi: bino qurilishida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda.

Yana bir qiziq jihati, Oʻzbekistonda ilk marotaba avtoturargohni binoning tom qismida joylashtirish qarori qabul qilindi. Yaʼni yangi savdo-koʻngilochar markaziga qarashli avtoturargoh bino tomida joylashtirilgan boʻladi. Obʼyektning oʻzi esa bir necha qavatdan tashkil topadi, dedi muxbirimiz.

Loyihachilar oʻzbekistonliklarni yana bir marta lol qoldirish uchun "yashil parkovka" yaratish ustida izlanishmoqda.

Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat boʻlgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uygʻun tarzda yaratilishi taʼkidlanmoqda.

Muxbirimizning soʻzlariga qaraganda, avtomobillar yon-atrofida daraxtlar va boshqa oʻsimliklar boʻlishi kutilmoqda.

Teglar:
yangi Compass savdo-markazi, Toshkent

Asosiy mavzular