02:06 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Zayd Raad al-Xuseyn

Inson huquqlari boʻyicha oliy komissar Oʻzbekistonni olqishladi

Luis Acosta / AFP
Jamiyat
Havola olish
142 0 0

BMTning inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn jahondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyat borasida maʼruzasini taqdim etdi

TOSHKENT, 9 mar — Sputnik. Oʻzbekistondagi vaziyat xususida toʻxtalar ekan, al-Husayn mamlakatning yangi prezidenti odil sudlov tizimi samaradorligini oshirish, adolatli va mustaqil sud jarayonlarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar qabul qilayotganligini eʼtirof etdi. Bu haqda BMT Radiosi xabar bermoqda.

"Yaqinda, oktyabrda huquq sohasidagi islohotlar haqidagi qonunda sudlar mustaqilligi va odil sudlov jarayonlarining shartlari ifodalab berildi. Mazkur qonunlarning joriy etilishi butun Oʻzbekiston xalqi uchun kelgusidagi ijobiy oʻzgarishlar borasida muhim ahamiyat kasb etadi", — dedi u.

Zayd Raad al-Husaynning fikricha, qator mahkumlar, jumladan, 18 yildan buyon qamoqda saqlangan jurnalist Muhammad Bekjonovning ozodlikka chiqarilishi qabul qilingan qonunlarning amaliy natijasidir.

Asosiy mavzular