16:35 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
263 0 0

Shavkat Mirziyoyev ushbu koʻcha Islom Karimov nomiga munosib boʻlishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoroning markaziy koʻchalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu koʻcha qiyofasini oʻzgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish boʻyicha 3-yilga moʻljallangan loyiha ishlab chiqildi.

Mirziyoyev ushbu koʻcha Islom Karimov nomiga munosib boʻlishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston rahbari Islom Karimov va Ibn Sino koʻchalari kesishgan joyda bunyod etiladigan Universal sport majmuasi loyihasini koʻzdan kechirgan.

2018-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi boʻyicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni oʻtkazish imkoniyati yaratiladi. Undan uchta mashgʻulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga moʻljallangan zal oʻrin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi boʻyicha namunaviy markaz boʻladi.

Teglar:
Mirziyoyev, Buxoro, Islom Karimov

Asosiy mavzular