Ekspert: Markaziy Osiyoda ochlik muammosi yo‘q, lekin "to‘qlik muammosi" paydo bo‘lgan

© Sputnik / Vadim ShekunUzbekskaya kuxnya polzuyetsya u moskvichey osobennoy populyarnostyu. Yey otdayut predpochtenie mnogie zvezdi rossiyskoy estradi.
Uzbekskaya kuxnya polzuyetsya u moskvichey osobennoy populyarnostyu. Yey otdayut predpochtenie mnogie zvezdi rossiyskoy estradi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FAO ekspertlarining fikricha, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarining oshishi ovqatlanish bilan bog‘liq boshqa muammoni keltirib chiqarmoqda

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Yevropa va Markaziy Osiyoda to‘yib ovqat yemaslik muammosiga barham berilgan, deyiladi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti (FAO) ma’ruzasida.

Ma’ruza mualliflarining ma’lumot berishicha, mintaqaning atigi 7% foiz aholisi to‘yib ovqat yemaydi yoki zarur ozuqa moddalarini yetarlicha iste’mol qilmaydi.

Savdo markazi. - Sputnik O‘zbekiston
WWF: 2050-yilga kelib insoniyat oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin

FAO ekspertlarining fikricha, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarining oshishi ovqatlanish bilan bog‘liq boshqa muammoni keltirib chiqarmoqda. Mintaqa mamlakatlari endi shakar, yog‘li taomlar, go‘sht, qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish hamda kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keladi.

"Aholi daromadining oshishi bilan birga ovqatlanish tartibi o‘zgarishi, boshoqli ekinlar o‘rniga turli shirinliklar, moylar, yog‘larni iste’mol qilish oshib borayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz", — deydi ma’ruza muallifi, FAO iqtisodchisi Devid Sedik.

Ma’ruzada Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurash borasida yuqori natijalarga erishgani qayd qilinadi.

"Biz hozirda kaloriya miqdori haqida o‘ylamasligimiz kerak, — deydi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Vladimir Raxmanin. — Biz har bir erkak va ayol, ayniqsa bolalarimiz sog‘lom ovqatlanish tarziga rioya qilayotganiga ishonch hosil qilishimiz darkor".

Yangiliklar lentasi
0