Toshkentda 13 ta fohishaxona aniqlandi

© Foto : pixabay.comJenskie nogi
Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha holatlar yuzasida jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi va 39 fohisha javobgarlikka tortildi.

TOShKENT,  16 mar — Sputnik. Yaqinda poytax IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy tekshiruvlar natijasida fohishaxona tashkil qilish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlandi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasida jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, ushbu noqonuniy faoliyatni tashkil qilganlar va 39 fohisha jinoiy javobgarlikka tortildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston JKning 131 moddasiga binoan, mo‘may pul topish maqsadida bunday faoliyat bilan shug‘ullanish eng kam ish haqqining 25 dan 50 barobarigacha yoki uch yilgacha majburiy tarbiyaviy mehnat bilan jazolanadi.

Ushbu jinoyat uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilgan hollarda, jarima miqdori eng kam ish haqqining 75 — 100 barobari miqdorida yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum  qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0