Nazarboyev: bugun deyarli milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev Toshkent bilan iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganligini qayd etdi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev Toshkent bilan iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganligini qayd etdi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.

"Biz muzokaralarimizni kechayoq boshlab yuborganmiz, chegaralarni ochish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro savdo keskin oshgani haqida gaplashdik. Yangi mahsulot turlari paydo bo‘lmoqda. Bugun ulkan biznes-forum bo‘lib o‘tadi, har ikki tomondan 500 biznesmen qatnashadi. Menga aytishlaricha, deyarli bir milliard dollarlik 75 shartnoma imzolanadi, bu tariximizda ilk marta bo‘ladi", — dedi Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chog‘ida.

Dvores Prezidenta Ak orda v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Ostona va Toshkent hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolaydi

Uning aytishicha, keyingi besh oyda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 30 foizga oshgan.

"Biz Sizni judayam kutgandik, o‘zbek xalqi Sizni saylanganligi bilan qutlaymiz. Qozog‘iston xalqi farovonlik, to‘kin-sochinlik tilaydi. Kelajakda ham iqtisodiy va madaniy-gumanitar masalalarda O‘zbekiston va Sizga jiddiy suyanamiz. Tashrifingiz muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi", — dedi Qozog‘iston yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0