13:01 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
182104

IIBB kompyuter markazi rahbari, podpolkovnik Shuhrata Muratovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda avtomobil egalariga yuborilayotgan har bir jarima maktubida maxsus telefon raqam koʻrsatilgan boʻlib, u orqali barcha qiziqtirgan savollarga javob olish mumkin

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Poytaxt koʻchalarida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar tizimi ishga tushirilishi doirasida jarima xatlarini olgan haydovchilar bilan ishlash uchun maxsus Call Center ishga tushirilishi rejalashtirilyapti, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi.

IIBB kompyuter markazi rahbari, podpolkovnik Shuhrat Muratovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda avtomobil sohiblariga yuborilayotgan har bir jarima maktubida — 2542216 maxsus telefon raqami koʻrsatilgan boʻlib, unga qoʻngʻiroq qilish orqali barcha qiziqtirgan savollarga javob olish mumkin.

"Albatta, tizim ishga tushirilishi munosabati bilan birinchi kunlarda telefon qoʻngʻiroqlari soni haddan ziyod koʻp boʻldi, shu tufayli avtomobil haydovchilarining aksariyati operator bilan bogʻlana olmadilar. Ayni vaqtda vaziyatni oʻnglash ustida ishlayapmiz, tez kunlarda maxsus Call Center ishga tushiriladi, u orqali jarimaga tortilgan har bir haydovchiga xizmat koʻrsatilib, maʼlumotlar berib boriladi", — deb taʼkidladi Muratov.

Agar avtomobil egasi jarima maktubini olgan boʻlsa va xatda yanglish tarzda unga tegishli boʻlmagan raqam yoki avtomobil koʻrsatilgan boʻlsa, u holda haydovchi koʻrsatilgan raqam boʻyicha qoʻngʻiroq qilishi lozim, deb qoʻshimcha qilgan Muratov.

Podpolkovnikning soʻzlariga koʻra, tizimdagi xato oʻz tasdigʻini topsa — bir necha daqiqa ichida jarima bekor qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 15 martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushgan edi. Soʻnggi 7 kun davomida kameralar tomonidan 29 mingdan ziyod qoidabuzarliklar qayd qilingan, shular orasida 16 mingdan ziyodi qizil chiroqda kesib oʻtish, 13 mingtasi esa tezlikni oshirish bilan bogʻliq boʻlgan.

Teglar:
IIBB, videokameralar, jarima, Toshkent

Asosiy mavzular