17:46 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
29920

Keyingi paytda baʼzi tuman va shaharlarda oʻz joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Mutaxassislar fikricha, bu holat koʻproq 15-30 yoshgacha boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilarkan

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. "Soʻnggi paytlarda ayrim yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan oʻz joniga qasd etishga chorlovchi turli oʻyinlar qurboni boʻlayotgani oʻta xavotirli holat", — deb yozgan "Zarafshon" nashrida eʼlon qilgan maqolasida zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili oʻrinbosari Zayniddin Eshonqulov.

"Internet tarmoqlarida yashin tezligida ommalashib borayotgan "Koʻk kit" oʻyini hali voyaga yetmagan oʻsmirlarni oʻz domiga tortmoqda. Ellik kun mobaynida ellikta shartni bajarish talab qilinadigan bu oʻyin oxiri oʻyinchining oʻz joniga qasd qilish hodisasi bilan yakunlanadi. Bu oʻyinni oʻynab, oqibatda joniga qasd qilganlar qoʻshni respublikalarda kuzatilganini ommaviy axborot vositalari xabar qilmoqda. Ogohlik ziyon qilmaydi. Farzandlarimiz uyali aloqa vositalari orqali nimalar bilan mashgʻul ekanini doimo nazorat qilish, ularga toʻgʻri yoʻlni botilidan ajratib olishlarida koʻmaklashishimiz lozim", — deb yozadi muallif.

Maqolada keltirilishicha, keyingi paytda baʼzi tuman va shaharlarda oʻz joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Mutaxassislar fikricha, bu holat koʻproq 15-30 yoshgacha boʻlgan shaxslar tomonidan sodir etilarkan.

Tahlil va oʻrganishlar shuni koʻrsatgan-ki, kimdir ota-onasi xohlagan kiyimni olib bermagani, kimdir sevganiga yetisholmagani, boshqasi oldiga maqsad qilib qoʻygan taʼlim muassasasiga oʻqishga kirolmagani, yana kimdir turmush oʻrtogʻi yoki uning qarindoshlari bilan chiqisholmagani, turmush qiyinchiliklari-yu mashaqqatlariga bardosh berolmagani va hokazo sabablar bilan oʻzini oʻzi nobud qilgan.

"Shu kabi sabablar va yana minglab vajlar jam boʻlsa ham insonning eng qimmatli boyligi – oʻz hayotiga oʻzi zomin boʻlishiga arziydimi? Hayotda uchrashi mumkin boʻlgan muammo va tashvishlar qarshisida irodasizlik qilib, oʻzini oʻldirgan kimsa nimaga erishadi? Yoki shu yoʻl bilan qutilib, yaxshilikka erishaman, deb oʻylaydimi? Agar shu fikrda yurganlar boʻlsa, ular qattiq adashadi", — deb yozadi muallif.

Va shunday deya qoʻshimcha qiladi: "Biz musulmon farzandlarimiz, ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz boshiga kelgan eng ogʻir qatagʻon, urush va ocharchilik yillari ham bunday nobakorlikka qoʻl urmaganlar. Sabr ila qiyinchiliklarni yengib oʻtganlar.

Islom shariati inson hayotini muhofaza qilish maqsadida oʻzini oʻzi oʻldirish(oʻz joniga qasd qilish)ni harom qilgan. Hayot Alloh tomonidan berilgan bebaho boylik boʻlgani uchun uni hech kim birovga minnat ham qilolmaydi, man ham etolmaydi.

Muqaddas Islom dinida birovni oʻldirish qanchalik yomon hisoblansa, oʻzini oʻzi oʻldirish ham shunchalik yomondir. <…> Oʻz joniga qasd qilish Rasululloh (s.a.v.)ning hadisi shariflarida ham qattiq qoralangan.

Paygʻambarimiz oʻzini oʻzi oʻldirganga janoza namozini oʻqimaganlar. Alloh bergan ulugʻ neʼmat – hayot neʼmatiga, buyuk insoniy huquqlardan sanalmish hayot haqqiga noshukr boʻlgan, uni oyoqosti qilgan nobakor shaxsning jazosi shunday boʻladi. Kalomi sharifda: "…bordi-yu, noshukrlik qilsangiz, albatta azobim (ham) juda qattiqdir".

Teglar:
islom, oʻz joniga qasd qilish, oʻlim guruhlari

Asosiy mavzular