BMT rahbari terrorchilarning asosiy nishoni musulmonlar ekanligini ta’kidladi

© KENA BETANCUR / AFPAntoniu Guterrish
Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterrishning aytishicha, ko‘plab siyosiy yetakchilar o‘z maqsadlari yo‘lida islomga nisbatan nafrat uyg‘otib, uni yomonotliq qilishmoqda, bu esa terrorchi va ekstremistlarga qo‘l kelmoqda

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Dunyoda musulmon va arab jamoatchiligiga nisbatan noo‘rin fikrlar keng tarqalmoqda. Ko‘pchilik IShID va "Al Qoida"ning yovuz harakatlari islom bilan bog‘liq degan yolg‘on tasavvurlar "qopqoni"da qolgan, aslida esa ularning harakatlari bu din tamoyillariga mutlaqo zid. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Iordaniya poytaxti Ammonda boshlangan Arab davlatlari ligasi sammitida ana shu fikrlarni bildirdi.

BMT rahbari terrorchilarning asosiy nishoni musulmonlarning o‘zlari ekanligini ta’kidladi.

Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
OAV: "ID"dan hafsalasi pir bo‘lgan terrorchilar janglarda qatnashishdan voz kechmoqda

"Juda ko‘plab siyosiy yetakchilar o‘zlarining uzoqni ko‘rmaydigan va chirkin maqsadlari yo‘lida islomga nisbatan nafrat uyg‘otib, uni yomonotliq qilishmoqda, bu esa terrorchi va ekstremistlarga qo‘l kelmoqda", — dedi Antoniu Guterrish.

Bosh kotib BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari bo‘lib ishlagan davrida islomning haqiqiy mazmuni bilan tanishganini ta’kidladi. U arab mamlakatlari odamlarni zo‘ravonlik va ta’qiblardan qutqarib, ularni mehmondo‘stlik bilan qabul qilganlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.

Antoniu Guterrish qochoqlarni muhofaza qilish Arabiston yarim orolida azaliy an’ana ekanligini eslatdi va Qur’ondan iqtibos keltirdi: "Agar mushriklardan birontasi panoh so‘rasa, unga panoh ber, toki u Allohning kalomini eshitsin. So‘ngra uni omonlik joyiga yetkazib qo‘y. Bu ularning bilmaydigan qavm bo‘lganlari uchundir.

BMT rahbari ushbu oyatni toqatlilik va g‘amxo‘rlikning oliy namunasi deb atadi. U qochoqlar bilan bog‘liq zamonaviy xalqaro huquqiy hujjatlardagi qoidalar Qur’onda allaqachon aks etganligini e’tirof etdi.

Yangiliklar lentasi
0