"Afrosiyob" poyezdi vagon kuzatuvchiligiga tanlov e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmasligi lozim

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni "Afrosiyob" elektropoyezdi vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Toshkentdan Buxoroga yangi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnay boshladi

Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmasligi lozim.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar pasport va diplom nusxalari, 3x4 hajmdagi hamda
umumiy ko‘rinishi aks etgan fotosuratni taqdim etishlari lozim.

Xabarda aytilishicha, hujjatlar joriy yilning 1-aprel kunidan 30-aprel sanasigacha Toshket shahar, Turkiston ko‘chasi 7-uyda qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0