07:56 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
15611

"Pravda Vostoka" - Oʻzbekistonning yetakchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy nashrning ilk nomeri 1917 yilning 2 aprelida chop etilgan.

TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. “Pravda Vostoka” tashkil etilgan vaqtda “Nasha gazeta”, yaʼni “Bizning  gazeta” deb nomlangan. Oʻtgan asr boshida paydo boʻlgan gazeta madaniyatni va urf-odatlarni ulugʻlab maʼrifat yoʻliga xizmat qilgan.  Oldingi davrlarda gazeta varaqlarida partiya manfaatlari ustun boʻlgan boʻlsa, mustaqillikning ilk kundan boshlab gazetada ham yangi hayot boshlandi. Bugun “Pravda Vostoka” Oʻzbekiston hayoti va mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarni yoritib kelmoqda.

Oxirgi 25 yilda gazeta Oʻzbekistonda umumxalq nashri maqomiga ega boʻldi va mamlakatda eng koʻp oʻqiladigan, eng obroʻli va eng koʻp iqtibos keltiriladigan nashrlardan biriga aylandi.

Oxirgi bir necha yilda, Oʻzbekistonda OAVlar soni keskin oshib ular orasida raqobat kuchaydi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda – 1514 ta OV qayd etilgan, ularning aksariyait – davlat nashrlari emas. “Pravda Vostoka”  shunday sharoitda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Gazeta haftaning 5 kunida 30 mingtadan chop etilmoqda.

Gazetaning internet sahifasi ishga tushganiga ham 10 yildan oshdi. U yerda foydalanuvchiliar dunyoning istalgan nuqtasidan gazetada chop etilgan maqolalar, yoki nashr arxivi bilan tanishishi mumkin.

Bugungi kunda “Pravda Vostoka”da koʻplab mashhur jurnalistlar, tahlilchilar, yozuvchi va shoirlar, jamoat arboblari faoliyat yuritmoqda. Albatta, har qanday redaktsiyaga yaxshi anʼanalar meʼrosxoʻrlari kerak boʻlganidek, “Pravda Vostoka” da shlaydiganlarning ham koʻpchilligi hali 30 ga toʻlmagan yosh avlod vakillaridir.

Talaba va bitiruvchilar orasida yosh qobiliyatlarni qidirish faol olib borilmoqda. Jurnalistlarning bugungi avlodi oʻz vorislari anʼanalarini muvaffaqiyatli davom ettirib, “Pravda Vostoka”dagi takrorlanmas professional va insoniy muhitni saqlab kelmoqda.

Asosiy mavzular