Eski maishiy texnikani topshirib, yangisiga chegirma olish imkoni hadya etilmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTelevizor
Televizor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi eski maishiy texnika buyumlarini topshirib yangi texnika xarid qilish uchun chegirmaga ega bo‘lish mumkin. Aholidan elektrtexnik chiqindilarini qabul qilishning birinchi bosqichi 2017-yil 11-apreldan Toshkentda MEDIAPARK savdo majmuasi ko‘magida boshlanadi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda  ilk bor eski maishiy texnika buyumlarini topshirib  yangi maishiy texnikani imtiyozli ravishda xarid qilish uchun  kupon olish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda naesmi.uz.

Cho‘g‘lanma lampochkalar sotish 1-yanvardan ta’qiqlanadi
Nashrga ko‘ra, bunday imkon "Shaharga imkon hadya et" nomini olgan Toshrangmetzavod dasturi doirasida taqdim etiladi.

Ushbu dasturni amalga oshirish uchun  maxsus Toshrangmetzavod Recycling MChJ tashkil qilingan.

Yangi korxonaning asosiy maqsad va vazifalaridan biri – O‘zbekiston qonunlarida belgilangan tartibda  davlat tashkilotlari va yuridik shaxslarga  ish muddati tugagan elektron texnikani utilizatsiya qilishda yordam berish, atrof-muhitni   qattiq chiqindilardan ifloslanishini oldini olish.

"Jahondagi yetakchi davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu kabi loyihalar atrof-muhitni himoyalashda katta yordam beradi. Ishdan chiqqan eski radio, televizor, magnitofon va boshqa elektr jihozlarni axlatga tashlab yuborsangiz, tabiatga zarar yetkaziladi. Yaroqsiz jihozlarni qayta ishlab, kundalik anjomlarni ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu yo‘l bilan  nafaqat tabiatni asraymiz, balki  arzon tovar sotib olish imkoni paydo bo‘ladi", — deyilgan xabarda.

"Shaharga imkon hadya et" dasturi ushbu vazifani yechish uchun qaratilgan. Loyiha dasturida ishdan chiqqan elektr jihozlar qabul qilinadi, keyinchalik ulardan sim, armatura, metall va plastmassa buyumlari  qayta ishlab chiqariladi va iste’molchiga taqdim etiladi.

Aholidan elektrtexnik chiqindilarini qabul qilishning 1-bosqichi 2017-yil 11-apreldan Toshkentda MEDIAPARK savdo majmuasi ko‘magida boshlanadi.

Mediapark xududida "Tabiatga imkon hadya et"  qabul punktlari ochiladi. U yerlarda  topshirilgan elektr jihozlar evaziga  chegirmalar kuponi taqdim etiladi. Kupon egalari  xarid qilinayotgan texnikaga Mediaparkda  chegirma olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0