06:47 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Adxam Ikramov novыy ministr zdravooxraneniya Uzbekistana

Adham Ikromov Prezident akademiyasiga rektor etib tayinlandi

Gabriela Sabau / judo.uz
Jamiyat
Havola olish
69410

Bunga qadar Adham Ikromov Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi

TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Adham Ikromov Oʻzbekiston Prezidentining tashkiliy-kadr masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz oʻz manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Bunga qadar Adham Ikromov Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Hukumatda u sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha majmuaga rahbarlik qilgan.

2016 yilning dekabridan joriy yilning fevral oyiga qadar sogʻliqni saqlash vaziri ham boʻlgan.

Davlat boshqaruvi Akademiyasining avvalgi rektori Mannon Aliyev qaysi ishga oʻtgani nomaʼlum.

Akademiya saytining "Rahbariyat" boʻlimida ayni paytda Mannon Aliyev rektor sifatida koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular