Dushanbega reyslar qatnovi ertadan boshlab yo‘lga qo‘yiladi - "O‘zbekiston havo yo‘llari"

© Commons.wikimedia"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Dushanbega qatnovlarning ochilish sanasi haqida ma’lumot berdi

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Bir necha bor qoldirilishlardan so‘ng Toshkent — Dushanbe reysi 4-aprel kuni amalga oshirilishi kutilayotgan edi. Ammo 3-aprel kuni "O‘zbekiston Havo yo‘llari" AJ "yo‘lovchilar yetishmasligi sabab reys yana bekor qilingani" haqida ma’lum qilgan edi.

Samolet aviakompanii Somon Eyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Dushanbe havo aloqasi shartnomasining yakuniy ko‘rinishini muhokama qilmoqda
Ayni vaqtda kompaniya matbuot-xizmati aviakompaniya samolyotlari 2017-yilning 11-aprelidan Dushanbega qatnashini ma’lum qilmoqda.

Xabarda Toshkent — Dushanbe reysi quyidagi jadval bo‘yicha (mahalliy vaqtlarda) muntazam qatnashi aytilgan:

Seshanba: HY 717 Toshkent (07:20) – Dushanbe (08:20)
HY 718 Dushanbe (09:50) – Toshkent (10:50)

Shanba: HY 717 Toshkent (11:10) – Dushanbe (12:10)
HY 718 Dushanbe (13:40) – Toshkent (14:40)

Qatnovlar zamonaviy A-320 laynerlarida bajarilishi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0