Tramp prezident bo‘lganidan keyin dunyoda xavfsizlik kuchaydimi?

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha mamlakatlarida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lganidan keyin dunyoda xavfsizlik kuchaymagan.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Dunyoning bir necha mamlakatlarida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra,  Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lganidan keyin dunyoda xavfsizlik kuchaymagan. Xususan, Germaniyada 72%, Fransiyada 64%, Braziliyada 60%, Buyuk Britaniyada 55 % Turkiyada 52 %, Italiyaning 49% va AQShda 45% aholi shunday fikrda. So‘rov Sputnik axborot agentligi va radiosi uchun TNS Global kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

Donald Tramp prezident bo‘lganidan keyin dunyo xavfsizroq bo‘ldi deb hisoblaydiganlar soni Fransiyada 6%, Germaniyada 8%, Turkiyada va Buyuk Britaniyada 11% ni tashkil qilgan. Shunday fikrda bo‘lganlar soni Braziliya va Italiyada 13% va AQShda 28% ni tashkil qilgan.   

Tram prezident bo‘lishi dunyo xavfsizligini o‘zgartirmadi deb hisoblaydiganlar soni Germaniyada 13%, AQShda 17%, Braziliyada 19%, Fransiyada 21%, Turkiyada 28% va Italiyada 32% ni tashkil qildi.

So‘rov TNS Global  kompaniyasi tomonidan 2017-yilning 16-22 fevral kunlari o‘tkazildi. So‘rovda 7148 kishi ishtirok etdi. Ulardan Fransiyada 1004 kishi, Germaniyada 1014 kishi, Italiyada 1050 kishi, Buyuk Britaniyada 1037 kishi, AQShda 1027 kishi, Braziliyada 1010 kishi va Turkiyada 1006 kishi. So‘ralganlar yoshi turli mamlakatlarda 16-64, 18-64 va16-54 yoshni tashkil qildi. Surovda ishtirok etgan respondentlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. So‘rov xatolik ehtimoli +/- 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95% ni tashkil qiladi.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0