Toshkentda eski texnika topshirib yangisiga chegirma olish mumkin

© Sputnik / GoskomprirodiAksiya "Podari shans prirode"
Aksiya Podari shans prirode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tabiatga imkon ber” tadbiri doirasida o‘tkazilayotgan ushbu aksiya Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va “Toshrangmetzavod” tomonidan tashkil qilingan.

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. “Tabiatga imkon ber” nomli markazlar Toshkentda 11-apreldan 15-mayga qadar davom etadi, deb xabar qilmoqda Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi.

“Toshrangmetzavod” va O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan “Tabiatga imkon ber” loyihasining ikki yo‘nalishi bor.

Birinchisi — yuridik shaxslarga eskirgan maishiy texnikani utilizatsiya qilishga yordam berish. Bunday hollarda elektron chiqindilar istalgan miqdorda qabul qilinadi.

Ikkinchisi – jismoniy shaxslardan eskirgan elektron uskunalarni qabul qilish. Qabul qilingan texnika o‘rniga jismoniy shaxslarga yirik savdo markazlari kuponi beriladi. 

“Tabiatga imkon ber” loyihasida MEDIAPARK savdo markazi ishtirok etmoqda. Ushbu savdo markazi hududida eskirgan texnikani qabul qilish markazi paydo bo‘ladi. U yerda topshirilgan uskuna o‘rniga MEDIAPARK savdo markazidan yangi texnika sotib olishga kupon beriladi.

Yangiliklar lentasi
0