Bu yilgi umra ziyoratida 5500 kishi ishtirok etdi

Obuna bo‘lish
20 fevraldan 11-aprelga qadar davom etgan "Umra-2017"ning bahorgi mavsumi nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekistonda 5500 nafar ziyoratchi ishtirok etdi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, umra  ziyoratini amalga oshirish maqsadida ketgan O‘zbekistonlik ziyoratchilarning so‘nggi guruhi 11-aprel kuni Toshkentga sog‘-salomat qaytib kelgan.

Umra va Haj ziyorati - Sputnik O‘zbekiston
Haj va Umra ziyoratlari qanday bajariladi

Bu yil bahorgi umra mavsumi 20-fevraldan 11-aprelga qadar davom etdi. Unda O‘zbekistonda 5500 nafar ziyoratchi ishtirok etdi. Ziyoratchilar 10 kun davomida Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.

Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirildi. Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik 8 nafar ishchi guruhi, 27 nafar shifokor va 8 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatdilar.

Ziyoratdan qaytgan fuqarolar yaratib berilgan sharoitlar uchun O‘zbekiston Respublika rahbariyatiga va ziyorat tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib O‘zbekiston ravnaqini tilab duo qildilar.

Yangiliklar lentasi
0