Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
B.Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining departament mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 13-apreldagi Qaroriga ko‘ra, Bahodir Kaxramanovich Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, B.Yusupaliyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining departament mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Shu vaqtgacha sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abduhakim Mo‘minovich Xadjibayev O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0