10:43 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
641 0 0

Rossiya FSBsi tomonidan qoʻlga olingan Sankt-Peterburg metrosidagi portlash tashkilotchisi Abror Azimov 2013 yilda Qirgʻiziston fuqaroligidan chiqqan ekan.

 

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. Kecha 18 aprel kuni Moskva viloyatida qoʻlga olingan terrorchi Qirgʻiziston fuqarosi boʻlib chiqdi.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra Azimov Abror Axralovich 1990 yilda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida tugʻilgan, 2013 yilning 25 mayida Qirgʻiziston fuqaroligidan chiqarilgan.

Abror Azimov Sankt-Peterburg metrosida portlash uyushtirgan xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilovni tayyorlashda gumon qilinmoqda. Qoʻlga olish vaqtida uning yonidan jangovar toʻpponcha ham topilgan.  

Qirgʻiziston prezidenti saytida xabar qilinishiga koʻra, Abror Azimovning millati oʻzbek, ayni damda u Rossiya fuqarosi.  

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

 

Asosiy mavzular