Raqobat qo‘mitasining sobiq rahbari Chilonzorga hokim etib tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davron Hidoyatov uzoq vaqt davomida Markaziy bank tizimida hamda avtosanoat kompaniyalarida faoliyat yuritgan

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Yaqinda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarligidan bo‘shatilgan Davron Hidoyatov poytaxtning Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana kadrlar o‘zgarishi: Mirziyoyev amaldorlardan qattiq norozi

Qizig‘i, yangi hokim hukumat yig‘ilishida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sanoat obyektlarini xususiylashtirishda natija ko‘rsatmaganligi, davlat mablag‘ini befoyda komandirovkalarga sarflaganligi uchun davlat rahbari tomonidan tanqid qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. U uzoq vaqt davomida Markaziy bank tizimida hamda avtosanoat kompaniyalarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0