O‘zbekistonga yo‘l olgan TALGO-250 poyezdi Sankt-Peterburgga yetib keldi

© Morskoy port Sankt-PeterburgaTALGO-250 Sankt-Peterburg portida
TALGO-250 Sankt-Peterburg portida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ispaniyaning tezurar TALGO-250 poyezdi Sankt-Peterburg portiga yetib keldi. U yerdan u Rossiya temir yo‘llari orqali O‘zbekistonga yetkizib beriladi.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. “Sankt-Peterburg dengiz porti” mutaxassislari Ispaniyadan O‘zbekistonga yo‘l olgan TALGO-250 poyezdini paromdan temir yo‘l platformasiga yuklashdi.

Qimmatbaho yuk FINNLINES paromida Ispaniyaning Bilbao portidan Sankt-Peterburgga yetib kelgan. Poyezdning umumiy uzunligi 183 metr, umumiy og‘irligi 305 tonna. Poyezd har biri 67 tonna keladigan 2 lokomotiv va 11 vagondan iborat. Vagonlar og‘irligi 14-18 tonnani tashkil qiladi.

Bojxona amaliyotlaridan keyin poyezd Rossiya temir yo‘llari orqali O‘zbekistonga yetkizib beriladi. Bu Rossiya orqali olib o‘tilayotgan to‘rtinchi TALGO poyezdidir. Birinchi ikki poyezd 2011-yilda olib kelingan edi. Uchinchi poyezd esa ushbu yilning fevralida olib o‘tilgan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0